Zuhriddin Qodirovning sözlariga köra, vazirlik va idoralarda “komplayens nazorat” tizimi joriy etilişi orqali salmoqli natijalar qayd etildi. 26ta vazirlik tizimida amalga oşirilayotgan işlarni nazorat qilib boriş maqsadida elektron platforma işlab çiqildi. Bu orqali ularni monitoring qiliş imkoniyati yaratiladi.
“Xalq ta'limi tizimida jami 78 mlrd söm moliyaviy xato va kamçiliklar, noqonuniy özlaştirişlar aniqlanib, qonuniy çora köriş uçun huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Şuningdek, qonunbuziliş holatlariga yul qöygan 214 nafar mansabdor şaxsga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilgan, 34 nafar mas'ul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligida 16 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlangan va 22 mlrd söm budjet mablağlarining maqsadsiz sarflanişi oldi olingan”, deya ta'kidlab ötdi boşqarma boşliği.
Bundan taşqari, olib borilgan örganişlar natijasida Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Markaziy bank va Moliya vazirligida “Yöl xaritasi”da közda tutilgan işlar qoniqarsiz darajada ekani ma'lum böldi.
Avvalroq, xalq ta'limi sohasida davlat budjetining 42 milliard söm mablaği noqonuniy sarflab yuborilgani, 7,1 milliard söm samarasiz davlat xaridlariga, 2,7 milliard söm sifatsiz quriliş–ta'mirlaş, 16,7 milliard söm kommunal tölovlarga asossiz işlatilgani ma'lum qilingan edi.











