«Ular uçun yaxşi lavozim, uy-joy masalasini ham hal qilib beramiz. Eng asosiysi, öşa yerda qança oylik olib işlab kelayotgan bölsa, Özbekistonga kelib xizmat qilişni istagan mutaxassislar uçun uyoqdagidan kam bölmagan oylikni beramiz.

Menga şunday topşiriq bölgan va ularni qaysi tuman, qaysi klinikaga joylaştiriş bilan Vazirlar Mahkamasida şaxsan özim şuğullanib boraman», – dedi Musayev.

Boş vazir örinbosariga köra, xorijda işlayotgan va vatanga qaytiş istagida bölgan yuqori malakali mutaxassislarning murojaatlari bilan işlaş uçun Vazirlar Mahkamasida alohida xodim işga olingan.

«Şu xodimning elektron manzili va telefonini Kun.uz saytida e'lon qilsangiz. Ular öz CV'sini (özimizning tilda, obektivka deymiz) va özi haqida erkin tarzda yozilgan qisqaça ma'lumotni yuborsa, murojaat qilgan har bir odam bilan boğlanamiz. Men özim imkoniyat topib, bu murojaatçilarni yiğib, ular bilan onlayn boğlanib, hamma qiziqtirayotgan savollariga javob berişga, ular bilan tanişişga tayyorman», – ta'kidladi Behzod Musayev.

Ma'lum qilinişiça, xorijdagi yuqori malakali özbekistonlik şifokorlar vatanga qaytiş istagida bölsa, [email protected] poçtasi yoki +99871-239-31-20 telefon raqamiga murojaat qilişi mumkin.

Boş vazir örinbosari bilan suhbatning töliq şakli tez kunda Kun.uz'da e'lon qilinadi.