Fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudining ayol sudyasi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda zöravonlikka uçragani töğrisida xabar berilmoqda. U ekspert hamrohligida nizoli xonadonni örganayotganda telefoni işga aloqasi bölmagan şaxs tomonidan tortib olinib, sindirilgan, özi esa haqorat qilingan.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 13 aprel kuni Fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudining ayol sudyasi Farğona tumani, «Ilğor» MFY Saxovat köçasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida örganayotgan vaqtida, sudyaga fuqarolik işiga aloqador bölmagan şaxs jismoniy kuç işlatib, uning qölida bölgan mobil telefonini tortib oladi va yerga urib sindiradi. Bundan taşqari, uşbu şaxs sudyani haqoratlaydi. Natijada nizoli iş böyiça tayinlangan ekspertiza ötkazilmay qoladi.
Sudyalar oliy kengaşi uşbu holat yuzasidan munosabat bildirib, holat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan örganilayotganini, natijasi böyiça qöşimça axborot berilişini ma'lum qildi.










