«Uchta ta'lim vazirligi birlashtirilsa, sohada moliyaviy qiyinchiliklar kamayardi» - Aziza Umarova ta'limdagi kamchiliklar haqida

Foto: YouTube/Alter Ego
Jamoatchilik faoli, davlat boshqaruvi sohasi mutaxassisi Aziza Umarova Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida oliy ta'lim qabul kvotalari yaqin yillargacha keskin kamaytirib kelingani, maktab ta'limiga ham e'tibor susaygani haqidagi fikrlari, vaziyatni yaxshilash uchun takliflarini bildirdi.
“Tahlillarim va hayotiy xulosalarimga ko‘ra, ta'limda chuqur islohot qilolmasligimizga ikki holat sabab bo‘lgan. Shu paytgacha ta'limga bunchalik kam e'tibor berilishiga, avvalo, qo‘rquv sabab bo‘lgan. O‘tish davrida talabalar mitinglari (1992 yil. Talabalar shaharchasi) bo‘lib o‘tgan.
O‘shandan keyin hukumat oliygohlarga qat'iy kvota joriy qilishga qaror qilgan. Oliy ma'lumotga ega bo‘lmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgan. Chunki hukumat oliy ma'lumotlilar ko‘p savol berishidan cho‘chib turgan. Bunday munosabat butun ta'lim tizimiga kirib bordi.
Nima uchun vaqt o‘tishi bilan qabul kvotalari kamaytirib borilganiga tushunmayman. Maktab va oliygohlarni isloh qilish uchun moliyaviy ko‘mak va e'tibor pasayib borgan. Ikkinchisi, haligacha individual o‘quvchi ta'limiga juda kam mablag‘ ajratilayotganidir, ya'ni jon boshiga moliyalashtirilmaydi. Hozir 3 ta alohida ta'lim vazirligi bor. Hamma davlatlarda bo‘lgani kabi vazirliklarni birlashtirish ham mumkin edi-ku. Ta'limga sarflanayotgan mablag‘lar birlashtirilib, ko‘proq natijaga erishish mumkin. Balki shunda respublikaning chekka tumanlaridagi ko‘plab maktablar abgor bo‘lmasdi.
Ta'limga budjetdan ko‘p mablag‘ ajratilyapti. Toshkentning o‘ziga pedagoglar uchun 1 trln.so‘mdan ko‘p pul ajratilgan. Lekin bu pul har bir bola uchun yetib boradi, degani emas. Tizim faqat pedagoglarni rag‘batlantiryapti, xolos. Bolalarning ta'lim olishini ham moliyalashtirish kerak. Agar 3 ta vazirlik birlashtirilsa, ta'lim xarajatlari jon boshiga moliyalashtirilsa, ta'limning hozirgi holatdan yaxshilanishiga erishish mumkin. Maktablar moddiy-texnik bazasi ancha o‘zgarardi. Qachondir bu tizimga yetib kelarmiz. Qachon ekanligini vaqt ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda maktabgacha ta'lim vazirligi bog‘chalardagi bolalar qamrovini kengaytiryapti, bu yaxshi. Ammo ta'lim bosqichlari o‘rtasida zanjir yo‘q. Masalan, bola 3 yoshdan 18 yoshgacha qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi bo‘yicha yakdil tizim yo‘q. Finlandiya ta'lim tizimini maqtaymiz. U yerda davlat tasdiqlagan darsliklar yo‘q. Har bir maktab mustaqil qaror qabul qiladi va ota-onalar, keng jamoatchilik bilan kelishib, o‘quvchilarga darslik yaratishadi. Bizda ham buni qilsa bo‘ladi. Bilasizmi, nazarimda, ta'lim islohotlari borasida biz 50 yillarga orqada qolyapmiz. Finlandiya yoki Yevropa bilan O‘zbekistonni taqqoslash imkonsiz, deb o‘ylarsiz. Sizga bir misol keltiraman: g‘arb mamlakatlari boshlang‘ich sinflarda ruchka o‘rniga qalamdan foydalanishadi. Chunki o‘quvchilar xato qilishdan qo‘rqmasliklari ongiga singdiriladi. Bizning maktablarimizda bu tajribani qilmaslik uchun katta mablag‘, urinish shartmas.
Undan tashqari, maktablarda sharoitlar yaxshilanishi uchun xalq ta'limi vazirligi tumandagi bo‘limlarini tugatish kerak. Shunda ularga ajratiladigan mablag‘ hududiy maktablarga yo‘naltiriladi. Bunday bo‘limlar hech qaysi mamlakatda yo‘q. Boshqaruv esa viloyat, respublika miqyosida bo‘lishi kerak.
Yana bir taklif: har bir maktabda direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi lozim. Rossiya maktablariga borganimda, maktab pullik va bepul xizmatlar ro‘yxatini e'lon qilib qo‘ygan. Hech kim qarshilik qilmayapti. Barchasi ochiqcha bo‘lyapti”, - dedi Aziza Umarova.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

10:42
O‘zbekiston va Britaniya ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshiradi

18:16 / 13.06.2025
Qashqadaryodan Qoraqalpog‘istongacha: “Teach for Uzbekistan” ta’limda nimalarni o‘zgartira oladi?

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

15:31 / 03.06.2025