66 yoşli Merkel bir oy avval uşbu vaksina bilan emlanişga tayyorligini, biroq öz navbati kelişini kutişini aytgandi. Hozirda Germaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan 60 yoşdan kattalargina emlanmoqda.
«Bugun AstraZeneca vaksinasining birinçi dozasi bilan emlanganimdan xursandman. Emlaş kampaniyasida iştirok etayotganlarga va barça emlanayotganlarga minnatdorlik bildirmoqçiman. Emlaş – pandemiyani yengiş kalitidir», deb aytgan Germaniya yetakçisi.
Avvalroq AstraZeneca vaksinasi emlanganlarda tromboz hosil qilişi mumkinligi sababli bir qator davlatlarda, jumladan, Germaniyada qöllanişi töxtatilgandi. Biroq Yevropa dori vositalari agentligi vaksina va tromboz hosil bölişi orasida boğliqlik yöqligi haqidagi qarorga kelgandan keyin Germaniyada u bilan emlaş davom ettirilgan. 1 aprelda Germaniya prezidenti Valter Ştaynmayyer ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.












