Koronavirusdan birinçi ölim holati rasman 2020 yil 11 yanvarda Xitoyda qayd qilingandi.
Koronavirusdan bir million ölim holati 2020 yil 28 sentyabrda, ikki million ölim holati esa 2021 yil 15 yanvarda qayd qilingan.
Hozirda virusdan AQŞda eng köp odam vafot etgan – 579 ming kişi. Bu borada keyingi örinlarni Braziliya (365 ming ölim) va Meksika (211 ming ölim) egallamoqda.
Koronavirus infeksiyasi bilan ilk kasallaniş holati 2019 yil dekabr oxirida Xitoyning Uhan şahrida qayd qilingan. 2020 yil 30 yanvarda JSST koronavirus tarqalişini jamoat soğliğini saqlaş sohasidagi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat, 11 martda esa pandemiya deb e'lon qilgandi.












