27 foizlik hissasi vazirning rafiqasi va öğliga tegişli bu kompaniya Mustaqillik maydonidagi 431,5 mlrd sömlik va Qonunçilik palatasini ta'mirlaş böyiça 16,5 mlrd sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgan.
«12-Trest» – 42 yillik tarixga ega, Özbekistondagi eng yirik quriliş taşkilotlaridan biri. Unda özim ham işlaganman. Bu taşkilotda yaqinlarim ham, ustozlarim ham bor, 8-10 nafar sinfdoşlarim ham işlagan», – dedi Botir Zokirov 17 aprel kuni Samarqand şahrida bölib ötgan matbuot anjumanida.
«Bizda tartib şundayki, bugun, iş paytida qarindoşçilik yoki taniş-bilişçilik degan narsa yöq. Qat'iyat, iş – iş bilan. Döstlik, qarindoşçilikning öz joyi bor. Boşqaçasiga iş yuritib bölmaydi.
Bu taşkilotga hukumat işiga ötganimdan beri işlamayman, 11 yil böldi. Savollar bölyapti, nega bu taşkilot tendersiz quriliş obektlarini olyapti? Köpçilik şu savol bilan menga yuzlanyapti. Lekin bu taşkilotning bugun 51 foiz aksiyasi davlat boşqaruvida. Tendersiz berilganiga mening yoki oilamning aloqasi yöq. Albatta, davlat taşkiloti bölib, taşkilotning zör bölib ketgan joyi yöq. Oxirgi paytlarda köplab qiyinçiliklar paydo bölmoqda.
Nima sababdan «12-Trest» bugun köp joyda tanlanmoqda? Mustaqillik davridan boşlab, davlatimizning kötariliş davrida juda köp binolarni qurgan, quryapti. Oliy Majlis haqida gap böldi. Aslida, buning menga töğridan töğri aloqasi yöq. Oliy Majlis obektlarini, Administratsiyaga tegişli bölgan obektlarni quriş bilan şuğullanuvçi taşkilot bor, davlat taşkiloti. Asosiy yirik obektlar mazkur taşkilot tomonidan qilinadi. Ana şu taşkilotda şaroit bölmagani uçun Oliy Majlis binosiga ham «12-Trest» jalb qilingan.
Özi bunaqa taşkilotlar juda ham kam. «12-Trest» taşkiloti tarixida biror bir yirik qurilişni sifatsiz yoki vaqtida topşirmagani holati uçramagan. Zarariga bölsa ham obektni oxiriga yetkazadi. Çunki bu – 42 yillik imij.
Agar jurnalistlar istasa, taşkilotning özida ham suhbat uyuştirişimiz, iş jarayonini taniştirişimiz mumkin», – dedi Zokirov.

Vazir «12-Trest» Mustaqillik maydonidagi 431 mlrd sömlik loyiha pudratçisi sifatida tendersiz tanlangani haqida gapirdi.











