
Arxiv foto: Tatiana Dudarenko
Toşkentdagi Mustaqillik maydonida joylaşgan ma'muriy binoni ta'mirlaş va uning yonidagi favvora ostiga avtoturargoh quriş 431,5 milliard sömga tuşişi mumkin. Bu haqda davlat xaridlari portaliga ma'lumot joylangan.
Markaziy bankning 12 apreldagi kursiga asosan, 431,5 mlrd söm – 41 mln dollardan ortiqni taşkil etadi.
Uşbu yirik davlat buyurtmasi «Trest–12» AJga berilgan. Uşbu kompaniya ta'sisçilari orasida quriliş vaziri Botir Zokirovning öğli va turmuş örtoği ham bor.

«Gazeta.uz»ning yozişiça, Toşkent şahar hokimiyati huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi 2019 yil 9 iyul kuni «Trest-12» kompaniyasi bilan buyurtma şartnomasi imzolagan. Şartnoma imzolangan vaqtda loyiha qiymati 207,82 milliardga baholangan, uni tamomlaş sanasi esa 2020 yil 31 dekabrga körsatilgan. Moliyalaştiriş manbasi töliq davlat budjeti hisobidan.
2021 yil 29 mart kuni tomonlar şartnoma qiymatini 431,52 milliard sömga oşirişni közda tutuvçi qöşimça şartnoma tuzgan. Mablağning 113,6 mlrd sömi 2019-2020 yillarda tölab berilgan.
2GIS servisi xaritasiga köra, Şarof Raşidov şohköçasidagi 5-uy –Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi va Vazirlar Mahkamasi orasida joylaşgan 14 qavatli ma'muriy bino. Ilgari bu yerda Moliya, Xalq ta'limi va Madaniyat vazirliklari joylaşgandi.




















