Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar nursiz durangga rozi bo‘lishdi – 0:0.
Natijada «Paxtakor» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmay, 2 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. O‘tgan o‘yindagi g‘alabasi evaziga 3 ochkoga ega «Sharja» 1-o‘rinda bormoqda.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuv «Traktor» - «Sharja» bahsi soat 23:00da boshlanadi.
OChL. 2-tur. 17 aprel
«Eyr Fors» (Iroq) - «Paxtakor» - 0:0
Hakam: Husayn Yahyo (Livan)
«Eyr Fors»: Fahad Tolib, Ahmad Ibrohim, Mauzam Jabbor, Samih Said, Ibrohim Bayesh, Karrar Nabil, Luay Alaniy, Ali Kadhim, Muhammad Ali Abbud, Husayn Jabbor (Sharif Abdulkarim, 68), Mustafo Muhammad.
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev (Sherzod A'zamov, 90), Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Abrorbek Ismoilov (Sharof Muhiddinov, 64), Sardor Sobirxo‘jayev, Hojimuhammad Erkinov, Dragan Cheran, Sardor Rashidov (Sherzod Temirov, 78), Eren Derdiyo‘q (Diyor Xolmatov, 64).















