Suriyaning Sana axborot agentligining xabar berişiça, nomzodlardan hujjatlar qabul qilinişi 19 apreldan boşlanadi va 28 aprelgaça davom etadi.

Xorijdagi suriyaliklar elçixonalarda 20 may kuni ovoz berişlari mumkin böladi.

Suriyadagi avvalgi prezident saylovlari 2014 yilda bölib ötgan. Öşanda 24 kişi prezidentlikka ilgari surilgan, biroq ulardan 3 nafarigina saylovlarga qöyilgan. Saylovlarda amaldagi prezident Başar Asad 88 foizdan köproq ovoz bilan ğalaba qozongan. Biroq saylovlar natijalari köpgina davlatlar tomonidan tan olinmagan.

Konstitutsiyaga köra, Asad yana bitta 7 yillik muddatga saylanişi mumkin.

Agar Suriya prezidenti saylovlari BMT Xavfsizlik kengaşining 2254-sonli rezolyutsiyasiga töğri kelmasa, unda xorijiy davlatlar saylovlar natijalarini tan olmasligi mumkin.

55 yoşli Başar Asad Suriya prezidenti lavozimini 2000 yildan beri egallab keladi.