Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning aksariyat oblastlarida keng miqyosdagi köp bosqiçli antiterror maşğulotlarini boşladi. Bu haqda UXX matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, maşğulotlar davomida strategik muhim obektlar va davlat çegarasini himoya qiliş böyiça harakatlarga alohida e'tibor qaratiladi. 

Maşğulotlarda UXX, milliy politsiya, davlat çegara xizmati, milliy gvardiya, qurolli kuçlar, favqulodda vaziyatlar xizmati mintaqaviy bölinmalari hamda ijroiya hokimiyati va mahalliy boşqaruv organlari vakillari iştirok etadi. 

UXX ötgan haftada Xarkov, Xerson va Sumi oblastlarida öquv maşğulotlari boşlagandi.

Avvalroq AQŞ va Yevropa davlatlari Rossiya qöşinlarining Qrim va Ukraina çegarasida joylaşişidan xavotir bildirgandi.