Toşkent viloyati Oqqörğon tumani «Şohruxiya» MFY Hosildor mahallasi janubidan oqib ötgan Sirdaryoning öng qirğoğida joylaşgan Şohruxiya arxeologik yodgorligining daryoga tutaş jarligidan şu yerlik fuqaro Şodiyor Ergaşov kökimtir tusga kirib qolgan 427 dona mis tanga jamlanmasiga duç kelgan. Tangalarni olayotgan paytda ular solib qöyilgan mato qopça titilib, kukunga aylanib ketgan.

Topilmaning noyobligini tuşunib yetgan Şodiyor Ergaşov bu haqda ÖzFA Tarix institutiga murojaat qildi. Ilmiy guruh 2021 yilning 18 aprel kuni Şohruxiyaga borib, topilmalarni ilmiy jihatdan örganiş uçun institutga olib keldi.

Körinişidan zang bosib, kökimtir tusga kirib qolgan mis tangalarning bir neçtasi tozalandi. Örganişlar natijasida ularning oğirligi 4 grammdan, diametri 31-33 mm.dan iborat ekanligi aniqlandi. Tangalarning har ikkala tomoniga börtma şaklida arab yozuvida matnlar bitilib, bezaklar tuşirilgan.

Tanganing old tomoni: qavariq körinişdagi ikki qatorli, sakkiz qirrali geometrik şaklli hoşiya içiga arab harflarida لا اله الا / الله محمد / رسول – “Allohdan özga iloh yöq, Muhammad Allohning rasuli” sözlari tuşirilgan. Hoşiyadan taşqarida, tanganing çetiga ham aylanasi böylab arab harflarida sözlar yozilgan bölib, ular öçib ketgani sababli nima yozilganini aniqlaş imkoni bölmadi.

Tanganing orqa tomoni: qavariq körinişida ikki qator halqa içiga nuqtaçalar tuşirilgan bölib, hoşiya içidagi tört tomonidan taşqariga bargsimon bezatilgan kvadratça içiga esa arab harflarida  / ارسلاب / خاقان... – “...Arslon xoqon” sözlari bitilgan edi. Tanganing bu tomonidagi hoşiya taşqarisidagi arabiy harflar çekilgan yozuvlar ham öçib ketgani aniqlandi.

Mazkur tanganing zarb etiliş davri Qoraxoniylar hukmdori Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (?-1130/1131) nomi bilan boğliq. U 1102-1130 yillarda Movarounnahrni boşqargan. Tanganing zarb etilişi davri unda zikr etilgan Arslon xoqon nomi orqali öz tasdiğini topadi. Tanganing tahlili öşa davrda bu hukmdor Arslon xoqon deb nomlanganligini körsatadi. Bu ma'lumot ham tariximizni oydinlaştiriş uçun muhim aşyoviy dalil sanaladi.