Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ATB «Agrobank» xodimlari fermerlarning pullarini boshqa hisobga o‘tkazib zarar yetkazgan
Samarqand viloyati Payariq tumanida bank filiali tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlari buzilgan. ATB «Agrobank» xodimlari fermerlarning pullarini boshqa hisobga o‘tkazib, ularga moddiy zarar yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB «Agrobank» Chelak filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari B.N. va boshqalar tumandagi 14 ta fermer xo‘jaligini xabardor qilmasdan, ularning bank hisobraqamlaridagi jami 129,7 million so‘mni «S.» fermer xo‘jaligi hisobraqamiga o‘tkazgani aniqlangan.
Bu bilan ular «S.» fermer xo‘jaligining bank oldidagi kredit qarzdorligini qoplashga yo‘naltirib, fermer xo‘jaliklari manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 19.12.2025
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?
13:57 / 10.12.2025
Agrar to‘lovlar agentligi tuzildi: fermerlar uchun subsidiya olish tartibi soddalashadi
13:11 / 10.12.2025
Dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m yo‘naltiriladi
21:14 / 29.06.2025