Samarqand viloyati Bulunğur tumanida piyodalar yölakçasidan ötayotgan 9 yoşli qizni maşina urib yuborgan. Natijada u tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 19 aprel kuni soat 12:45larda davlat ahamiyatidagi 4R-47 avtomobil yölining Bulunğur tumani «Istiqlol» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötgan 4-kilometrida piyoda bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Jomboy tumani «Saboloq» MFYda yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan A.J. öz boşqaruvida bölgan «VAZ-2106» rusumli avtomaşina bilan, Bulunğur tumani Mingçinor mahallasida yaşovçi, 2011 yilda tuğilgan U.M.ni urib yuborgan.

Mazkur yöl-transport hodisasi oqibatida U.M. tan jarohati olib, Bulunğur tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Bulunğur tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.