Qaşqadaryo viloyati IIb axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 11 sentabr kuni soat 14:01 larda 4R-79 Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz avtomobil yölining Qarşi şahar “Mustaqillik” MFY hududidan ötgan 3-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Qarşi tuman Kerayt qişloğida yaşovçi fuqaro X.F. Lacetti maşinasi bilan Şahrisabz-Qarşi yönalişida harakatlanib borib, piyodalar yölakçasidan ötayotgan, Qarşi şahar “Otçopar” MFYda yaşovçi, 11 yoşli Y.A.ni urib yuborgan. Oqibatda, voyaga yetmagan Y.A. oğir tan jarohati olib, vafot etgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Qarşi şahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Haydovçi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Avvalroq, aynan Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz yölida Nexia-2 maşinasi velosipedda yölning öng tomonidan harakatlanib ketayotgan şaxsni urib yuborgan va u vafot etgandi.
















