Navoiy viloyati IIB YHXB taşabbusi bilan Yevropa mamlakatlari tajribalariga tayangan holda «Piyodalar xavfsiz ötiş joyi» loyihasining Navoiy şahrining Ğalaba şohköçasi hamda Amir Temur va Alişer Navoiy köçalarining piyodalar qatnov gavjum qismida qurilib, işga tuşirilganligi, mazkur hududlarda piyodalar bilan boğliq yöl-transport hodisalarining oldi olinişiga xizmat qilmoqda.

Viloyat IIB YHXBning Kun.uz’ga ma'lumot berişiça, mazkur piyodalar ötiş yölining afzallik tomonlaridan biri — avtomaşina haydovçisi harakatlanayotganda piyodalar yölakçasiga 50 metr qolganda dastlab ğildiraklarga uriluvçi vibroşovqinli tasma haydovçini ogohlantiradi, bu holat piyodalar yölakçasiga 30 metr qolganda yana takrorlanadi.

Bundan taşqari yölning çetida örnatilgan ogohlantiruvçi tablo, hamda piyodalar yölagidagi zebra çiziğining maxsus plafonli çiroqlar bilan jihozlangani, piyodalar ötiş joyida fuqarolar paydo bölişi bilan maxsus sensorli qurilma orqali yonişi haydovçilarni yanada huşyor bölişiga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Navoiy viloyatida şu kabi jami törtta «piyodalar xavfsiz ötiş joyi» örnatilgan.