10 may, duşanba kunidan boşlab, Termiz xalqaro aeroportidan haftaning har duşanba kunlari «Termiz – Farğona» yönalişi böyiça yangi aviaqatnov yölga qöyiladi. Bu haqda Termiz xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar qildi.

13 maydan boşlab esa, haftaning har payşanba kunlarida «Farğona – Termiz» yönalişida qatnovlar amalga oşiriladi.

Fevral oyida qabul qilingan, içki turizmni rivojlantirişga oid prezident farmoniga köra, «Termiz – Urganç – Termiz» aviareysi ham yölga qöyilişi belgilangan.

Avvalroq, 6 apreldan boşlab «Toşkent – Andijon» yönalişida aviaqatnov tiklanişi ma'lum qilingandi.

Eslatib ötamiz, Uzbekistan Airways 28 martdan boşlab aksariyat yönalişlarda yuklar uçun alohida haq ola boşlagan.