Buxoro viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 28 yoşli qizni fohişalik uçun Ummon davlatiga yuborayotgan şaxslar qölga olindi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilişiça, Jondor tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan fuqaro B.M. (qiz) 31 yoşli jinoiy şerigi A.F. hamda xorijdagi jinoiy şerigi R.M. ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, 1993 yilda tuğilgan T.Ş.ni fohişalik qiliş uçun Ummon davlatining Muskat şahriga jönatişmoqçi bölişgan.
Ular T.Ş.ni uşbu şaharda köp pul topişga işontirib, uning nomiga Toşkent-Istanbul-Muskat yönalişi böyiça aviaçipta rasmiylaştirişadi. B.M. aviaçipta, viza, çet elga çiqiş pasporti uçun tölovlarni özining hisobidan tölagan. T.Ş. bilan esa Muskat şahriga yetib borgaç, xarajatlar uçun 5 000 AQŞ dollari işlab berişi töğrisida kelişgan.
Ammo öylangan reja amalga oşmadi. Ular T.Ş.ni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportidan xorijga yuborayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Holat yuzasidan B.M. va A.F.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











