Samarqand viloyati xalq ta'limi boşqarmasi axborot xizmati xabar berişiça, xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Paxtaçi tumanida fizika-matematikaga ixtisoslaşgan maktab taşkil etiş imkoniyatlarini örgangan.

Şavkat Mirziyoyevning Samarqandga taşrifi doirasida turli soha vakillari, ziyolilar bilan uçraşuvda Paxtaçi tumanidagi 9-maktab yoşlar yetakçisi Muqaddas Mustafoyevaning fizika-matematikaga ixtisoslaşgan maktab-internat taşkil etiş böyiça bergan taklifi qanoatlantirilib, xalq ta'limi vaziriga topşiriqlar bergan.

«15-16 aprel kunlari Şavkat Mirziyoyevning Samarqandga taşrifi doirasida turli soha vakillari, ziyolilar bilan uçraşib, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi.

Paxtaçi tumani 9-maktab yoşlar yetakçisi Muqaddas Mustafoyeva Paxtaçida ham Qoraköl maktabidek ixtisoslaşgan maktab-internat faoliyatini yölga qöyiş, bu borada keng imkoniyat yaratilsa, tuman yoşlarining fanlarni çuqurlaştirib özlaştirişi va kelgusida muvaffaqiyatlarga erişişi yuzasidan taklif bildirdi.

Prezidentimiz Muqaddas Mustafoyevaning taklifini qöllab-quvvatladi va xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatovga uşbu taklif yuzasidan zarur topşiriqlar berdi.

20 aprel kuni xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Paxtaçi tumanida bölib, sobiq avtomobil va yöllar kasb-hunar kolleji binosi örnida fizika va matematika fanlariga ixtisoslaştirilgan maktab-internati faoliyatini yölga qöyiş masalasiga alohida e'tibor qaratdi.

Binoning belgilangan talablarga javob berişi, malakali öqituvçilarni jalb qiliş, öquvçilarni yotoqxona bilan ta'minlaş imkoniyatlarining mavjudligini örgandi.

Darhaqiqat, maktab-internat taşkil etiladigan bino 2009 yilda qurilgan, 850 öquvçi örniga ega 25 ta öquv xonalaridan iboratdir», deyiladi Samarqand viloyati xalq ta'limi boşqarmasi axborot xizmati ma'lumotida.