Çindan ham, Bahrindagi qay bir xonadonga kirmang — parranda parvarişlanayotganiga guvoh bölasiz. Dastavval mahalladagi Nafisa Mirzajonova xonadonida böldik. Xonadon sohibasi mavsumga qarab 3 xonalik joyda 3-4 mingta jöjalarni parvarişlaydi. Ularga don-suv beradi.

«Bu iş bilan 4-5 yildan beri şuğullanaman, — deydi biz bilan suhbatda Nafisa Mirzajonova. — 1000-2000 tadan jöjani 4500 sömdan olib parvariş qilamiz. 15-20 kun boqib, 8-10 ming sömdan sotamiz. Şuni orqasidan bola-çaqa boqyapmiz. Uy-joy qildik, maşina oldik. Işimiz qiyin emas, 2 ta farzandim bilan bemalol barçasiga ulguraman».

Yangi oçib çiqqan jöjalar 10-15 kunlik parvarişdan söng xaridorlar tomonidan olib ketiladi va şu kunlarda foyda örtaça 2-3 million söm atrofida böladi. Bu degani oila bir oyda 7-8 million söm sof foyda körmoqda.

Bu yerda asosan mahalliy til bilan aytganda, «Qora tovuq» zoti jöjalari parvarişlanadi. Sababi — bu tovuqning tuxumi şifobaxş sanaladi va öta xaridorgir.

Jöja parvarişlaşda mehnati u darajada oğir emas. Kundalik qarov, suv va don beriş, xona haroratini yetarli darajada uşlab turiş kifoya.

Kuniga mingga yaqin tuxumni iste'mol uçun bozorlarga yetkazib berayotgan fermer Nasibillo Mamadaliyev xonadoniga ham kirdik. Uşbu xonadonda mingta tovuq boqiladi va ularning 92-93 foizidan tuxum olinadi.

«Tovuq yetti xazining biri, — deydi fermer biz bilan suhbatda. — Bunga katta mehnat ham ketmaydi. Suvi va ozuqasi öz vaqtida berilsa oyiga mingta tovuği bor xonadon örtaça 8-10 million söm bemalol daromad qilsa böladi. Biz oiladagilar bilan şu mingta tovuqni uyda qaraymiz. Fermamizda ham tovuqlar köp.

Mahalladagi mehnatkaş aholi bilan gaplaşar ekanmiz, haqiqatda parrandaçilikdan ham yaxşi daromad oliş mumkinligiga işonç hosil qildik.