Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Majlisni, qarorni kamaytiramiz» – Prezident quyi bo‘g‘in rahbarlari qarorlarning ortidan yetib bora olmayotgani haqida gapirdi
Bugun, 22 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Barcha vazirlar, qo‘mitalar rahbarlari va hokimlar ishtirokidagi bu yig‘ilishda xizmat ko‘rsatish sohasi muammolari hamda ularning yechimi muhokama qilinmoqda.
«Bir narsani aniq tushunish lozim. Yangi ish o‘rinlari, eng kam xarajat va tez muddatda xizmatlar va servis sohalarida tashkil etiladi.
Joylardagi aholi daromadlarining real o‘sishini ham, avvalo xizmatlar rivojidan yaqqol ko‘rish mumkin. Shuning uchun, ushbu sohaga iqtisodiyotning asosiy «drayver»laridan biri deb, qarashimiz kerak.
Majlisni kamaytiramiz, qarorni kamaytiramiz. Quyi bo‘g‘in rahbarlari qarorning ortidan yetib bora olmayapti. Endi bularning nazoratini o‘zim olib boraman.
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ularning murojaatlari xizmatlar sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus va talab o‘ta yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari joriy yilda xizmatlar sohasida 59 trillion so‘mlik 42 mingta yangi loyihani amalga oshirish, 150 mingta yangi doimiy ish o‘rni yaratish bo‘yicha o‘z rejalarini belgilagan.
Hokimlarning belgilagan rejalarini o‘zim birma-bir ko‘rib chiqdim. Ularning o‘ziga olgan marralari ushbu hududlar salohiyatidan ancha past. Misol uchun, Jizzax bor-yo‘g‘i 718 milliard so‘mlik loyihalarni shakllantirgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo 1,6 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirishni belgilagan bo‘lib, bu aholisi qariyb 3 baravar kam bo‘lgan Sirdaryo rejasidan (2,1 trillion so‘m) 25 foizga past», deya davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025
Mahalla hududidagi ayrim jarimalarning 10 foizi mahalla budjetiga yo‘naltiriladi
14:40 / 14.10.2025
33 ta tumanga 100 milliard so‘mdan ajratiladi
18:31 / 28.08.2025