Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Davlat budjeti daromadlari 33,9 trln so‘mga ijro etildi» – Bosh vazir o‘rinbosari
2021 yilning 1-choragida O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 33,9 trln so‘mga ijro etildi. Xarajatlar esa 34,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Senat majlisida davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobot berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda 2021 yilning 1-choragi bo‘yicha respublika iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan.
«2021 yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103 foizni tashkil etmoqda. Xususan, o‘sish sur'ati sanoat tarmoqlarida 103,8 foiz, xizmatlar bo‘yicha 102,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 103,1 foizga ortdi.
Hisobot davrida savdo aylanmasi hajmi 46,6 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 102,8 foizga o‘sdi. Jami xizmatlar hajmi 61 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga ortdi. Xususan, ta'lim, moliya, aloqa va axborotlashtirish sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlarda yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Davlat budjet daromadlari 33,9 trln so‘mga ijro etildi. Shundan 29,3 trln so‘m yoki 86,5 foizi soliq tushumlari, 6,5 trln so‘mi (19,3 foizi) bojxona organlari tomonidan undirilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Davlat budjetining jami xarajatlari esa 34,1 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar 18,2 trln so‘mni (53,4 foiz) tashkil etdi», dedi hukumat rasmiysi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda O‘zbekistonda 22ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. 1 aprel holatiga ko‘ra, ularda umumiy qiymati 2,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilgan va shundan 818 mln dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida 35 ming 897ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, 2021 yil birinchi choragi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 1,4 mlrd dollar investitsiya o‘zlashtirildi. Tovarlar va xizmatlar eksporti 2 mlrd 345 mln dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
08:33 / 05.06.2026