Davlat xaridlaridagi şaffoflik qanday ta'minlanadi? - Moliya vazirligi rasmiylari bilan suhbat
|19:49 / 23.04.202112 2618 min
Özbekistonda «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Kun.uz qonundagi yangiliklar yuzasidan Moliya vazirligi boşqarma boşliği Sarvar Nazarov va vazirlik boşqarma boşliği örinbosari Jasur Umarov bilan intervyu taşkil etdi.
— Dastlab qonunni yangi tahrirda qabul qilişning zaruriyati haqida gaplaşsak. Avvalgi qonun bundan 3 yil ilgari qabul qilingandi. Davlat xaridlari tizimidagi qonunçilikni yangilaşga nima sabab böldi?
Sarvar Nazarov: — Qonunni işlab çiqiş prezident farmoni bilan amalga oşirildi. Bu vazifa Moliya vazirligiga yuklatilgandi. Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, şu bilan birga, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda işçi guruh taşkil qildik. Hujjatning yangi tahririni tayyorlaşda davlat xaridlarida iştirok etadigan vazirlik va idoralar vakillari ham qatnaşdi.
Bundan 3 yil oldin qabul qilingan qonun normativ hujjatlarni birlaştirişga qaratilgandi. Lekin iqtisodiyot rivojlanişi, şaffoflik oşirilişiga bölgan talab va axborot texnologiyalari örni özgarib borayotgani natijasida bugungi zamonda davlat xaridlari töğrisidagi qonunni yangilaşga ehtiyoj tuğildi.
Bunda asosiy özgarişlar axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va korrupsiyaning oldini olişga qaratildi.
Davlat buyurtmaçilarining (budjet va korporativ taşkilotlar) davlat xaridlari tizimida xaridlarni soddalaştirilgan tartibda amalga oşirişlariga urğu berildi. Ularga osonroq va tezroq xarid qiliş uçun imkoniyat yaratildi. Qonunga 50 foizdan ziyod özgartirişlar kiritildi.
— Bevosita qonundagi asosiy özgarişlarga töxtalsak. Hujjatga nima özgartirişlar va yangiliklar kiritildi?
Jasur Umarov: — Yangi qonun 12ta bob, 85ta moddadan iborat. Hujjatda davlat buyurtmaçilari va tadbirkorlik sub'yektlari uçun keng imkoniyatlar yaratilgan.
2020 yilda 124 trln sömdan köp davlat xaridlari amalga oşirilgan bölsa, şuning 30 foizi strategik ahamiyatga ega korxonalar uluşiga töğri keladi. Yangi tahrirdagi qonun bilan strategik ahamiyatga ega korxonalar ham davlat xaridlari töğrisidagi qonun talablari bilan xaridlarni amalga oşirişi közda tutilgan.
Ustavida davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan hamda davlat korxonalari va davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan korxonalar uluşining yiğindisi 50 foizdan ortiq bölgan yuridik şaxslar korporativ buyurtmaçilar röyxatiga kiritilmoqda.
Mavzuga oid
Qonun bilan tizimni raqamlaştiriş maqsadida davlat xaridlarining barça turlari elektron şaklda amalga oşirilişiga katta e'tibor qaratildi.
Tanlov, tender savdolarini ham töliq elektron şaklda amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Yana bir muhim jihati, davlat xaridlarida oçiqlik, şaffoflik va jamoat nazoratini ta'minlaşga juda katta e'tibor berilgan.
Uşbu qonun bilan davlat xaridlarida iştirok etadigan tadbirkorlik sub'yektlarining ta'sisçisi kim, benefitsiar mulkdori kimligini bevosita oçiqlaş orqali keng jamoatçilikka yetkaziladi.
Xaridlarni amalga oşirişda rejalaştirişdan tortib, oxirida şartnoma tuzib, tovarlarni yetkazib berganlik böyiça barça ma'lumotlarni maxsus axborot portalida joylaştiriş közda tutilgan.
— Davlat xaridlari – 12 mlrd dollarlik bozor. Ayrim davlat taşkilotlari noqonuniy bitimlar evaziga davlat budjetidagi mablağlarni özlaştiriş holatlari köp uçrayapti. Yangi qonun bilan mazkur tizimdagi şaffoflik qanday ta'minlanadi?
Sarvar Nazarov: —Ilgarigi qonunda 5ta xarid turi mavjud bölgan edi. Ya'ni elektron dökon, auksion, tanlov, tender va yagona yetkazib beruvçi bilan tuziladigan şartnomalarga bölingan edi.
Öşa paytda faqatgina elektron dökon va auksion elektronlaştirilgan. Endilikda barçasi töliq elektronlaştirildi. Har bir tadbirkor takliflari tizimda turadi, u özi baholab, ğolibni ham aniqlab beradi. Bu öz-özidan xarid qiliş tartibi oçiqligi ta'minlanişiga olib keladi.
Keyingi yönalişlardan biri Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan alohida davlat xaridlari böyiça markazlaşgan axborot portali yaratiş ustida işlayapmiz.
Bu har bir jismoniy yoki yuridik şaxsga öziga kerakli ma'lumotlarni oliş imkonini beradi. Möynoqdami, Tomdi tumanidami, qanaqa xaridlar qilinyapti, budjet taşkiloti qança mablağ sarflayapti va nimalar xarid qildi, hammasi oçiq böladi.
Agar oçiq bölsa, jamoatçilik va organlar tomonidan şaffoflik ta'minlanadi. Öşa budjet taşkilotlari ham xaridlarni öylab amalga oşiradi.
— Yangi tahrirdagi qonun bilan davlat xaridlaridagi budjet xarajatlarini qisqartiriş masalasiga ham töxtalib ötilganmi?
Sarvar Nazarov: —Buning uçun davlat xaridlarida tadbirkorlik sub'yektlarining köproq qatnaşişi masalasini körib çiqiş kerak böladi. Hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz kiçik biznes sub'yektlari qatnaşyapti. Bu juda past körsatkiç. Ya'ni köpçilik tadbirkor bu tizimni bilmaydi yoki bilsa ham qatnaşgisi kelmaydi. Ba'zilar korrupsiya bor, deb öylab qiziqiş bildirmaydi.
Lekin hamma ma'lumotlar oçiq bölganidan keyin tadbirkorda davlat xaridiga kirişga xohiş böladi. Ya'ni birinçi navbatda özi işlab çiqargan tovarlarini bozorda sotiş uçun tayyor tizim turgan böladi. Unga kirib, işlab çiqarayotgan mahsulotini reklama qilişi ham mumkin. Xaridlarda qatnaşib, öz mahsulotini sotişi ham mumkin. Şunday imkoniyat yaratiladi.
Hozirda biz hududlarga çiqib tadbirkorlarni davlat xaridlarida qatnaşişlari uçun tarğibot işlarini olib boryapmiz. Talabgorlar köpayganidan keyin budjetdan ajratilgan mablağ iqtisod qilinadi. Natijada qöşimça mahsulotlar xarid qiliş yoki moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun mablağ ortadi. Bu tizim mablağlarni tejaşga olib keladi.
— Yuqorida 24ta strategik taşkilot xaridlari ham oçiq tarzda amalga oşirilişini aytdingiz. Bu böyiça qanday tartib yölga qöyiladi?
Jasur Umarov: — Strategik ahamiyatga ega korxonalar yangi qonun talabi böyiça korporativ xaridlarni amalga oşiradi. Bunda xaridlarning turlari va mezonlari belgilangan.
Buyurtmaçi nimalar xarid qilişini elektron portalga çoraklik yoki yillik rejasini oldindan joylaştiradi.
Tadbirkorlik sub'yekti ham qaysi tovar sotib olinişi rejalaştirilganini oldindan bilgan holda, işlab çiqarişini öşanga qarab muvofiqlaştirib boradi. Strategik korxonalar ham özlari xarid qilmoqçi bölgan mahsulotlar röyxatini oçiq portalga joylaştiradi.
Sarvar Nazarov: — Avvalstrategik korxonalar uçun alohida qaror bölgan va öşa hujjat asosida xaridlar amalga oşirilgan. Endi xaridlar yangi qonun asosida olib boriladi. Ularning xarid qiliş tartiblari soddalaştirildi. Muddatlar va summalar qisqartirildi.
Budjet taşkilotlarining ham töğridan töğri xaridlar qilişiga imkoniyat yaratildi. Strategik me'yorlar belgilandi.
— Qonun bilan davlat taşkilotlari va tadbirkorlarga xaridlarda qanday yengilliklar beriladi?
Jasur Umarov: —Tezkor va kutib bölmaydigan holatlarda xaridlarni töğridan töğri amalga oşiriş imkoniyati yaratildi. Eng yaxşi takliflarni tanlaş yangi tur sifatida qöşildi.
Qonun bilan xarid turini tanlaş imkoniyati yaratiladi. Ya'ni budjet taşkilotlari BHMning 6 ming barobaridan yuqori narxdagi xaridlarni tender savdolari asosida amalga oşiradi.
Elektron dökon turidagi savdolar esa BHMning 2 500 barobari qilib belgilandi. Taşkilot şungaça bölgan xaridlarni 3 ta turidan birini özi tanlaydi. Xohlasa auksionda eng yaxşi takliflarni tanlaş orqali xaridlarni amalga oşiradi yoki elektron dökon orqali xaridlarni amalga oşiriş mumkin.
Muddatlari qisqartirildi, ixçamlaştirildi. Bundan taşqari, eng yaxşi takliflarni tanlaş orqali xaridlarni amalga oşirişda Xarid komissiyasi takliflarni körib çiqib baholaganidan keyin şartnoma tuzişdan oldin ikki kun muddatga xalq muhokamasiga qöyiş rejalaştirilyapti.
Heç qanday e'tiroz yoki takliflar kelib tuşmagan holdagina şartnoma tuziş imkoniyati yaratib berilyapti.
Tadbirkorlarga ofisdan turib tovarlarini elektron portal orqali yetkazib beriş, sotiş imkoniyati yaratilyapti.