Vodildagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da “Çegaraoldi hududlar integratsiyalaşuvi – rivojlaniş garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum oldidan Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, ikki qöşni davlat delegatsiya a'zolarining kengaytirilgan tartibdagi uçraşuvi bölib ötdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov uçraşuvda söz olib, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston davlatlarining hududlararo savdo-iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantiriş uçun bir qator takliflarni ilgari surdi.

Jumladan, viloyat rahbari Beşariq tumanida Tojikiston bilan çegara hududida “Andarxon” nazorat-ötkaziş punkti yonidagi maydonda “Qöqon erkin iqtisodiy zonasi”ga boğliq Erkin savdo zonasi taşkil etiş böyiça loyiha işlari davom etayotgani, bu esa har ikki mamlakatdan erkin kiriş va çiqiş imkoniyati yaratişi, mintaqaviy ulgurji va çakana savdoni rivojlantiriş uçun katta qadam bölişini ta'kidladi.

Xayrullo Bozorov, şuningdek, Farğonada Batken va Söğd savdo uylarini, çegaradoş bu ikki viloyatda esa Farğona savdo uyini taşkil etiş, oliy ta'lim sohasida professor-öqituvçilar va talabalar özaro almaşinuvini yölga qöyiş kabi bir qator takliflarni ilgari surdi. 

Söğd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda Tojikiston ham paxta xom-aşyosi eksportidan voz keçiş harakatida ekanini bildirib, Farğona viloyati tadbirkorlari uçun paxtani qayta işlaş va tekstil sohasida hamkorlik istiqbollari oçilayotganini ta'kidladi. Ahmadzoda Farğona vodiysiga sifatli va arzon kömir eksporti qiliş imkoniyati mavjudligini ta'kidladi.

Uçraşuvda söz olgan Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev, Qirğizistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zosi ekani Farğona va Söğd viloyati biznesi uçun qöşimça imkoniyat yölagi ekanini ta'kidladi. 

Uçraşuvdan söng Farğona şahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida delegatsiya rahbarlari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida “Çegaraoldi hududlar integratsiyalaşuvi – rivojlaniş garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum bölib ötdi.