Navoiy viloyati Nurota tumanida 3,5 ga yer maydonini 56 million sömga sotmoqçi bölgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.N. Nurota tumani, Nurliboy qişloği hududida joylaşgan 3,5 gektar yer maydonini sotayotganda uşlangan.
U dehqon xöjaligi yuritiş uçun 10 nafar fuqaroga ajratilgan 3,5 gektar yer maydoni göyoki bojasi S.ga tegişli ekanligiga işontirib, uşbu yerni fuqaro A.ga sotişga kelişib, undan 56 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.N.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Navoiyda özganing 2 sotix yerini 150 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olindi
Navoiyda 1 gektar yerni qariyb 30 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi











