2021 yilning 16 mart kuni «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgandi.
Unga köra, alifboda mavjud harf birikmalari: «sh» va «ch», şuningdek, «o‘» va «g‘» harflarini diaktrik belgisiz harflar bilan almaştiriş taklif etildi.

31 mart kuni esa alifbo muhokamasi böyiça belgilangan sönggi muddat yakunlandi. Bu böyiça qonun loyihalari muhokamasi sayti – regulation.uz’da köplab takliflar bildirildi, muhokama qilindi. Masalan, bildirilgan izohlar statistikasiga qaralsa, foydalanuvçilar tomonidan mingdan ortiq izoh yozilganini köriş mumkin. Aniqroği, 1035ta izoh.
Xöş, bu ma'lumotlarni nega eslatyapmiz? Bir qaraganda hammasi joyida va muhokamalardan söng qonun loyihasi heç bir muammosiz parlamentga kirişi kerakdek edi. Ammo bir neça kun avval Kun.uz’ga yetib kelgan bir ma'lumotga köra, qonun loyihasi muhokamasi yana oxiri noaniq muddatgaça çözilgan.
Manbaga köra, şu sohadagi bir olimning «şoşilmaslik kerakligi» haqidagi yuqori bir idoraga yoki mansabdor şaxsga yozgan xati bunga sabab bölgan.
Qöşimça qilinişiça, Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan taqdim etilgan alifbo loyihasi tasdiqdan ötib ketayotgani va bu öşa olimning takliflariga mos kelmagani uçun muddatni imkon qadar çözdirişga harakat qilyapti. Bu çözilgan muddatda esa alifboga yana yangiliklar kiritiş mumkin. Masalan, yana qöşimça harflar yoki yangi unli harflar.
Muhokama jarayonlaridan xabardor manbaning bu ma'lumotini tekşiriş asnosida biz jurnalist Şuhrat Şokirjonov öz telegram-kanalida e'lon qilgan quyidagi postiga ham duç keldik:
«Xullas, yana bir avlod kutamiz…» sarlavhali uşbu postda qisqaça aytganda, lotin alifbosini takomillaştiriş masalasiga yana vergul qöyilgani bayon qilinadi.
«Bu böyiça muhokamalarni yil oxirigaça çöziş böyiça topşiriq berilibdi. «Nega?» — deb hayron bölarsiz. Katta juz'iy sabab yöq. Sababi öşa — özbekning azaliy va maşhur çöpçasi», deb yozadi jurnalist.














