Barçani qiziqtiruvçi savollarga javob oliş uçun Kun.uz muxbiri Asaka tumanidagi uzoq yillardan beri nişolda tayyorlanib kelinayotgan «Obi rohat» kafesiga bordi.

Nişolda tayyorlaş uçun yasalgan maxsus moslamaga bih, ya'ni ösimlik ildizining qaynatmasi va tuxumning ajratib olingan oqi solinadi. Moslama 10-15 daqiqa davomida mahsulotni aralaştirib köpirtiradi. Uy şaroitida qilmoqçi bölsangiz aralaştirişni maxsus moslamalar yordamida amalga oşiriş mumkin.

Köpik holatiga kelgaç, avvaldan tayyorlab qöyilgan qiyom – şakarning suvga solib qaynatilgani qöşiladi. Buni nişoldaçilar «şakar qiyomi» deyişadi.

Yana bir oz aralaştirilgaç, nişolda tayyor holatga keladi. Endi uni idişlarga solib dasturxonga tortiş mumkin.

«Nişolda tayyorlaş — biz uçun ota kasb. Uzoq yillardan beri şu iş bilan şuğillanamiz. Ramazon oyi boşlanişi bilan kuniga 150-200 kilodan nişolda tayyorlab bozorlarga çiqaramiz», deydi Rahimjon Abdullayev.

U nişolda nega asosan ramazon oyida tayyorlanişi haqidagi savolga javoban, bu hazm bölişi yengil, oç qorinni töq tutuvçi va organizmga darmon böluvçi, oşqozonga foydali yemak ekanligini ta'kidladi.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi: Boymirza Xalilov.