Toşkentdagi mebel dökoni omborxonasida 5 mlrd 338 mln sömlik bojxonada rasmiylaştirilmagan pardalar saqlanayotgani aniqlandi. Bu Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi, Suriştiruv va ma'muriy amaliyot bölimlari xodimlari içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda ma'lum bölgan. 

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boşqaruvidagi yuk avtotransport vositasi Toşkent şahridagi mebel dökonlaridan birining omborxonasidan tovar-moddiy boyliklarni ortib, belgilangan yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan vaqtda töxtatilib, közdan keçirilganda, transport vositasining yukxonasida heç qanday hujjatlari bölmagan xorijiy mamlakatlarda işlab çiqarilgan parda matolari borligi aniqlandi.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, mebel dökoni omborxonasi belgilangan tartibda xolislar iştirokida közdan keçirildi. 

Natijada, bu yerda xorijda işlab çiqarilgan, bojxona rasmiylaştiruvidan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan, jami qiymati 5 mlrd 338 mln. sömlik, 1759 öram parda matolari hamda 5645 öramda tayyor pardalar borligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.