Navoiy viloyati Navbahor tumanida yaşovçi Ötkirjon Jabborov 6 yildan beri xonadonida toşbaqa boqadi. U uşbu jonivorni köpaytirib, Yevropa davlatlariga eksport qiliş niyatida. 

2015 yilda Ötkirjonning xonadoniga 1 dona toşbaqa adaşib kelib qolgan. Öşa paytdan jonivorga qiziqib, toşbaqani köpaytiriş fikri tuğiladi va internetdan tegişli ma'lumotlarni topib öqiydi. Avvaliga şunçaki qiziqiş uçun boqib köradi. Keyinçalik, toşbaqadan ham daromad köriş mumkinligini eşitgaç, bu faoliyatga jiddiy kirişadi. Tadbirkor hozirda toşbaqalar sonini 3 000 donaga yetkazgan.

«Toşbaqaning foydali xususiyatlari juda köp. Masalan, kosasi tibbiyotda işlatilişi haqida köp manbalarda öqiganman. Yevropa davlatlarida göşti ham iste'mol qilinadi. Qolaversa, hayvonot boğlari uçun olişadi. Toşbaqani asosan Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Polşa kabi davlatlarga eksport qiliş mumkin», — deydi tadbirkor.

Ötkir Jabborovning ma'lum qilişiça, unga bugun toşbaqalarini eksport qilişda yordam zarur. Çunki, eksport hujjatlarini tayyorlaş hamda uni amalga oşiriş böyiça huquqiy ma'lumotga ega emas. Ötgan yili tuman hokimligidan vakillar kelib, körib ketişgan hamda eksport qiliş masalasida yordam qilişlarini aytişgan. Ammo, hali bu orada tegişli taşkilotlar va mas'ullar tomonidan yordam bölmagan.

«Agar toşbaqalarimni eksport qila olsam, keyinçalik yer olib, çöl şaroitida ularni köpaytiriş niyatidaman. Çunki, mening toşbaqalarim çöl toşbaqalari hisoblanadi. Ular uy şaroitidan köra köproq çöl şaroitiga moslaşgan. Havo harorati pasayib ketganida yer ostiga, issiq kunlarda esa kosasi qizib ketişi sababli soya joylarga kirib olişadi. Agar maxsus şaroitlar yaratilsa, qişda uyquga ketişmaydi», — deya ta'kidlaydi Ötkirjon.    

Toşbaqa asosan turli ötlar, beda, qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan oziqlanar ekan.