Ijtimoy tarmoqlarda Nukusdagi «Mega-Nukus» savdo markazi qarşisida «Lasetti» YPX xodimini bosib ketişga ozgina qolgani aks etgan video lavha tarqaldi. IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, voqea 25 aprel kuni soat 13:45larda sodir bölgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV YHXB YPX xodimi I.Iskandarov Nukus şahar dehqon bozori yaqinida xizmat olib borayotgan vaqtda «Lasetti» rusumli avtomobilni töxtatgan.
Tekşiruv davomida maşinaning yon oynalari tegişli ruxsatnomasiz qoraytirilganligini aniqlagan. Haydovçiga qoidabuzarligini tuşuntirib, transport vositasini vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirişini aytgan vaqtida haydovçi xodimga böysunmasdan avtomobilni boşqarib, voqea joyidan ketib qolgan.
YPX xodimi holat yuzasidan YHXB boşliği nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, qonuniy talabini bajarmasdan ketib qolgan haydovçiga tegişli çora körilişini söragan.
Xodimning bildirgisi asosida holat örganilib, ketib qolgan haydovçi aniqlangan va belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirildi, deyiladi rasmiy xabarda.











