Yaqinda termizlik öquvçi qiz zörlangani, xorazmlik kelinning öz joniga qasd qilgani haqidagi xabarlar jamoatçilikni larzaga keltirdi. Xotin-qizlarga nisbatan bölayotgan zöravonliklarning sababi nimada? Masala ildizlari qayerda? Biz Toşkent davlat yuridik universitetida gender tengligi masalalari böyiça mustaqil izlanuvçi Kamola Aliyeva bilan jamiyatda zöravonlik nima uçun normal qabul qilinişi, xotin-qizlar huquqlari, OAVda jinsiy zöravonlik tarğiboti va boşqa muhim masalalar yuzasidan suhbatlaşdik.

Maişiy zöravonlik nima degani?

 Oilaviy maişiy zöravonlik - bu oila a'zolari tomonidan bir şaxsga iqtisodiy, ruhiy, jismoniy yoki jinsiy zöravonlikni amalga oşiriş yoki amalga oşiriş bilan tahdid qiliş tuşuniladi. Victim blaming (inglizçadan) esa zöravonlik qurbonini ayblaş, ya'ni zöravonlik sodir etilganda aybi borligini aytiş, psixologik bosim ötkazişdir. Shaming - bu uyaltiriş. Markaziy Osiyo davlatlarida uyaltiriş madaniyati juda kuçli. Agar qiz bola yoki ayol kişi jinsiy yoki jismoniy zöravonlik qurboni bölsa, uni uyaltiriş holatlari ham böladi. Oiladagi zöravonlikka çidaşni xohlamasa ham uyaltiriladi. 

Masalan, "Sevimli" telekanalida "Mahallada duv-duv gap" körsatuvida sevgan yigiti bilan munosabatda bölib, jismoniy va jinsiy zöravonlikka uçragan qiz iştirok etdi. Zöravonlikka uçraganlik holati çetda qolib uni barça ekspertlar uyaltirişi – shaming amalga oşirilgan. Zöravonlik holatida ham uni ayblaş, ya'ni victim blaming ham sodir böldi. 

"Afsuski, bizda oiladagi zöravonlikka uy içidagi muammo sifatida qaraladi"

Markaziy Osiyo, xususan, Özbekistonda zöravonlik “madaniyati” şakllanib ulgurgan. Oilada sodir böladigan har qanday zöravonlikka uy içidagi muammo, oilaviy masala sifatida qaraladi. Nafaqat jamiyat, qöşnilar yoki qarindoşlar, balki mahalla, huquq-tartibot organlari ham zöravonlikni oilaviy masala sifatida körişadi.