Çexiya parlamenti senati (yuqori palata) Vrbetitsedagi hodisa böyiça xalqqa murojaati yuzasidan mamlakat prezidenti Miloş Zemanni vatanga xiyonat qilişda ayblaş imkoniyatini körib çiqadi. Bu haqda yuqori palata spikeri Miloş Vistrçil ma'lum qildi.

Senatdagilarning ta'kidlaşiça, davlat rahbari uşbu iş böyiça e'lon qiliş mumkin bölmagan ma'lumotlarni foş qilgan.

«Biz prezident vatanga xiyonat qilişda gumonlanişi munosabati bilan konstitutsion şikoyat beriş imkoniyati bilan şuğullanamiz. Hozir kerakli ma'lumotlarni töplaş va mavjud vaziyat böyiça konstitutsion huquq ekspertlari fikrini örganiş lozim», – dedi Vistrçil.

Avvalroq Zeman mamlakatning kontrrazvedka xizmati taqdim qilgan hisobotda portlaşlarga rossiyalik agentlarning aloqadorligini isbotlovçi ma'lumotlar yöqligini ma'lum qilgandi.

Çexiyadagi qator siyosatçilar Zemanning bu bayonotidan norozilik bildirişdi.

17 aprelda Çexiya boş vaziri Andrey Babiş mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsedagi hodisaga Rossiya boş razvedka boşqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qildi. Bu ayblovlar Çexiya va Rossiya örtasidagi munosabatlar taranglaşişiga olib keldi. 

Vrbetitsedagi portlaşlar 2014 yil 16 oktyabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlaşlar oqibatida 2ta ombor yöq bölgan, 2 kişi halok bölgan.

Bir yarim oydan keyin birinçi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylaşgan boşqa omborda kuçli portlaş sodir bölgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin öq-dori saqlangan.