Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ustidan Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritdi.

Bunga deputatning «Human.uz» axborot portalidagi «Söz blogerlarga» körsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan «haqoratomuz sözlari» sabab sifatida körsatilmoqda.

Da'vo arizasida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida, deputat ommaviy axborot vositalarida çiqişda davlat organlari va boşqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning şa'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qöpol, haqoratomuz ibora va sözlarni qöllaşga, asossiz ayblovlarga yöl qöyişga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida şunday fikrlar mavjud bölsa, deputat öz fikrlarining yanglişligi yoki notöğriligini oşkora tan olişi hamda keçirim söraşi kerakligi asos sifatida körsatilgan.

DSQga köra, deputat Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan davlat soliq xizmati organlari işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi ma'lumotlariga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berişi hamda keçirim söraşi lozim.

Şuningdek, DSQ deputatdan soliq organlariga ma'naviy zarar yetkazganligi uçun 4,6 milliard söm miqdorida jarima undirilişini talab qilmoqda.