2020 yilda global miqyosda harbiy maqsadlarda sarflangan mablağlar hajmi 1,98 trillion dollarni taşkil etgan. Bu haqda Stokholm Xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) ma'lum qildi.
1,98 trln dollar – 2019 yildagi körsatkiçga nisbatan 2,6 foizga köp.
2020 yildagi jami harbiy xarajatlarning 62 foizi 5 ta davlat hissasiga töğri keladi: AQŞ, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya.
- AQŞ – 778 mlrd dollar;
- XXR – 252 mlrd dollar;
- Hindiston – 72,9 mlrd dollar;
- Rossiya – 61,7 mlrd dollar;
- Buyuk Britaniya – 59,2 mlrd dollar.
Xitoy harbiy xarajatlari sönggi 26 yildan beri muttasil oşib borayotgani diqqatga molik.

Tadqiqotçilar urğu berayotgan yana bir fakt: Pandemiyaning birinçi yilida global yalpi içki mahsulot (YaIM) 4,4 foizga qisqargan paytda ham, harbiy sohaga ajratilgan mablağlar oşgan.
Natijada, harbiy xarajatlarning global YaIMdagi uluşi 2019 yildagi 2,2 foizdan 2,4 foizga yetgan.
Qayd etilişiça, ötgan yil davomida Çili va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda harbiy budjet qayta tuzib çiqilgan, Braziliya va Rossiyada esa harbiy soha mablağlari qisqartirilgan. Xususan, Rossiya mudofaa maqsadlariga budjetdagi rejadan 6,6 foizga kamroq pul işlatgan.
«Pandemiya 2020 yilda global harbiy xarajatlarga sezilarli ta'sir körsatmaganini kuzatişimiz mumkin. Davlatlar pandemiyaning ikkinçi yili davomida uşbu darajadagi harbiy xarajatlarni saqlab qoladimi yoki yöqmi, buni aniq aytiş qiyin», – dedi SIPRI Qurol va harbiy xarajatlar dasturi tadqiqotçisi doktor Diyego Lopes da Silva.
2020 yilda Qöşma Ştatlar harbiy xarajatlari taxminan 778 milliard dollarni taşkil etib, 2019 yilga nisbatan 4,4 foizga ösgan.
Bu – butun dunyodagi harbiy sohaga jalb qilingan mablağlarning 39 foizini taşkil etmoqda.












