Surxondaryo viloyati Boysun tumanida baliqçilik uçun 2 gektar yerni 103 million sömga olib berişni va'da qilgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Boysun tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.ning işonçiga kirib firibgarlik qilgan fuqaro M.A. uşlangan.

Qayd etilişiça, M.A. Boysun tumanidan ötuvçi kanalning qirğoq böyi muhofaza hududiga qaraşli 2 gektar yer maydonida baliqçilik faoliyati bilan şuğullaniş uçun tanişlari orqali hujjatlarni olib berişga va'da berib, evaziga R. dan 103 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.