Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tadbirkorlardan biriga tegişli bölgan muhr va hujjatlarni soxtalaştirib firibgarlik qilib yurgan şaxs uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 27 mart kuni Sariosiyo tumani IIB tergov bölinmasiga tumanning Feruz mahallasida yaşovçi, MÇJ rahbari N.E. ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida şu tumanning Böston mahallasida yaşovçi, K.U. MÇJga tegişli bölgan dumaloq muhrning (dublikat) nusxasini yasatib olib, firibgarlik qilib korxonaga katta miqdorda zarar yetkazganini ma'lum qilgan.
Suriştiruvlarda aniqlanişiça, K.U. 2018 yil 6 mart kuni soxta muhr yordamida özini N.E. ga tegişli MÇJning yangi rahbari sifatida buyruq çiqargan. 2019 yil 4 fevral kunidagi tegişli bayonnomasi asosida MÇJni Davlat xizmatlari agentligidan qayta röyxatdan ötkazgan. Söng, N.E.ning imzolarini qalbakilaştirib, qalbaki şartnomalar tuzib, yuk xati, sçyot-fakturalar imzolarini qalbakilaştirib, noqonuniy şartnomalar tuzgan.
MÇJga tegişli bölgan tovuqxona binosi hamda 118 gektar yer maydonini boşqa bir mas'uliyati çeklangan jamiyatga 5 milliard sömga sotib yuborgan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holatlar yuzasidan 4 aprel kuni K.U.ga nisbatan jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Surxondaryoda öğirlangan «Damas» «söyilgan» holda topildi. Uni olib qoçgan şaxs uşlandi
Surxondaryoda xotini bilan ajraşmoqçi bölgan şaxsdan 10 million söm pora olgan soxta advokat uşlandi










