Jizzax şahrida ijtimoiy soha obektlarining birida aniqlangan kamaytirib körsatiş uçun 1 000 dollar pora talab qilgan moliya bölimi xodimi uşlandi

DXX viloyat boşqarmasi tomonidan Jizzax şahridagi ijtimoiy soha obektlarining birida direktor lavozimida işlab kelayotgan fuqaroning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbir davomida, ijtimoiy soha obektlarining birida ötkazilgan tekşiruvda aniqlangan moliyaviy xato va kamçiliklarni kamaytirib körsatiş evaziga Jizzax şahar Moliya bölimining xodimlaridan biri direktordan 1 000 AQŞ dollari berişni talab qilgan. 

Uşbu mablağlarni Şarof Raşidov tumani «Uçtepa» MFY hududida, boşqaruvida bölgan «Gentra» maşinasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax şahrida öqişga kiritib qöyiş evaziga pora olgan şaxs aniqlagani haqida xabar berilgan edi.