Jizzax şahar prokuraturasi tomonidan 2020 yil avgust va sentabr oylarida Jizzax şahrida yaşovçi Ş.D. fuqaro Yu.A. va boşqalarning farzandlarini Jizzax davlat Pedagogika institutiga öqişga kiritib qöyiş evaziga Yu.A.dan 1.000 dollar, B.A.dan 800 dollar va A.Z.dan 700 dollar mikdordagi mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlandi.

Uşbu holat yuzasidan Jizzax şahar prokuraturasi tomonidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, şahar IIO FMB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda fuqarolarning xabardorligisiz ularning nomiga kredit olib, özlaştirgan bank xodimlariga jinoiy iş qözğatilgani va bankdan 1 million yevro kredit olib berişini aytib fuqarodan 27 ming dollar olgan şaxslar uşlangani haqida malumot berilgan edi.