Çust tumani Madaniyat markazida “Hududlarni innovatsion rivojlantiriş böyiça Çust tajribasi, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyat, erişilgan natijalar va istiqbolli rejalar tahlili” mavzusidagi hududiy forum öz işini boşladi.

Unda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov iştirok etdi. Forum doirasida sohaga oid 30 dan ortiq innovatsion loyihalar taqdimoti ötkazildi.

Çust tumanini innovatsion hududga aylantiriş loyihasi doirasida amalga oşiriladigan loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan jami 7,1 mlrd söm mablağ ajratilgan.

Hududiy oliy ta'lim va ilmiy taşkilotlar tomonidan yangi işlanmalarni tijoratlaştirişga tayyorlaş böyiça işlab çiqilgan jami 9 ta loyihaga 4,7 mlrd söm mablağ moliyalaştirildi. Tumanda “Innovatsion tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasini taşkil etiş uçun 884 mln söm ajratildi. 

Şuningdek, Çust şahrini bepul Wi-Fi (internet) bilan ta'minlaşga 500  mln söm hamda tumanda taşkil etiladigan onkologik kasalliklarni skrining qiliş innovatsion markazini taşkil etişga 907 mln söm, tumanning olis hududlarida joylaşgan 10 ta maktablarda internetsiz işlaydigan innovatsion kutubxona taşkil etiş loyihasiga 150 mln söm mablağ sarflandi.

“Innovatsiyaga e'tibor bu, avvalo, yoşlarga, xususan, ilm-fanga bölgan e'tibordir. Çunki Çust tumani innovatsion hudud nomini olişi barobarida, yoşlarning innovatsion loyihalari amalga tadbiq etiladi. Bu, avvalo, tuman körsatkiçi uçun ham katta bir yutuq. Xalqaro doiradagi forumlarni ham Çustda ötkaziş maqsadimiz bor. Bu, öz navbatida, yoşlar bandligini ta'minlaşda katta ahamiyatga ega”, – dedi viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov.