Prezident va hukumatning ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Quyidagi hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
- Prezidentning 16.04.2018 yildagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni;
- Prezidentning 23.05.2017 yildagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori;
- Prezidentning 16.04.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori;
- Prezidentning 4.09.2019 yildagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori;
- Prezidentning 11.08.2020 yildagi «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi «Özbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori.
Kiritilgan özgartirişlarga muvofiq belgilanişiça, Xalqaro islom akademiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasi muassisligidagi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Belgilanişiça, Din işlari böyiça qömita, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, öqituvçi, ilmiy xodim va mutaxassislariga yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlariga köra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoşlari 3 baravar (Din işlari böyiça qömita raisiga, Markaz rahbariyati va xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qöllaniladi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi boşqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaş razryadlariga köra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoşlari 2 baravar miqdorda qöllanilişi belgilangan.
Bundan taşqari, qömita boşqaruv xodimlari lavozim maoşiga quyidagi miqdorlarda har oylik qöşimça haq tölanadi:












