Ta'kidlanişiça, Singapur koronavirusga qarşi samarali kuraşmoqda va Yangi Zelandiyaga nisbatan aholini tezroq sur'atlar bilan emlamoqda.

Reytingda dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlaridagi vaziyat 100 ming aholiga koronavirusdan kasallanganlar soni, 1 mln aholiga ölimlar soni, bir oyda COVID-19dan ölim darajasi, aholining emlangan qismi, vaksinalar taqdim qilingani, harakatlaniş erkinligi kabi 10ta mezon böyiça baholanadi.

Ma'lumotlarga köra, aprel oxiriga kelib, Singapurda aholining 20 foizi emlab bölingan, koronavirusdan ölim darajasi esa 1 mln aholiga bor-yöği 5 kişini taşkil qilmoqda. Yangi Zelandiyada ham koronavirusdan ölim darajasi 1 mln aholiga 5 kişini taşkil qilmoqda, ammo 1,9 foiz aholigina emlangan.

Reytingning yetakçi öntaligidan, şuningdek, Avstraliya, Isroil, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Finlandiya va Hongkong joy olgan.

Reytingda keltirilgan davlatlar içida eng yomon vaziyat Polşa va Braziliyada kuzatilmoqda. Uşbu davlatlar mos ravişda reytingning oxirgi ikki poğonasini egallagan.