Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida bir guruh ayollar 2021 yil 23 aprel kuni A-378 Samarqand – Ğuzor yölini tösib qöygan. Tumanning Qumdaryo mahallasi Oqtunli qişloğida yaşovçi öquvçilar qöşni qişloqdagi maktabga boriş uçun A-378 avtomobil yölini kesib ötişga majbur bölayotgani, 21 aprel kuni mazkur yölda 7 yoşli maktab öquvçisini yuk maşinasi urib yuborgani va u vafot etgani bunga sabab bölgan.

Yölni tösgan ayollar Çiroqçi tuman mas'ullaridan Qumdaryo mahallasidagi maktab qurilişini tezroq tugatib berişni talab qilişgan.

Bugun mazkur noxuş hodisa ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda yoritilgandan söng Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi mazkur masalani öz nazoratiga olganini ma'lum qildi.

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonovning ma'lum qilişiça, Çiroqçi tumani Qumdaryo mahallasidagi maktab bilan boğliq muammo qömita nazoratiga olinadi. Bundan taşqari, Senat Çiroqçi tumanida yaşovçi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar böyiça qilinişi lozim bölgan işlarni örganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi.