21 aprel kuni «Isuzu» yuk maşinasi A-378 Samarqand-Ğuzor avtomobil yölidan Samarqand viloyati tomon harakatlanib borayotib, piyodalar yölakçasidan yölni kesib ötayotgan 1-sinf öquvçisi D.E.ni urib yubordi.

Qaşqadaryo viloyat IIB axborot xizmatiga köra, oğir tan jarohati olgan bola Çiroqçi tumani «Kökdala» şifoxonasida vafot etgan. U tumanning «Xöjaobod» MFYda yaşagan, 140-maktab öquvçisi bölgan.

Oradan ikki kun ötib, 23 aprelda Çiroqçi tumani «Qumdaryo» MFY Oqtönli qişloğida yaşovçi bir guruh ayollar Samarqand-Qarşi yölining Xöjaobod qişloğidan ötuvçi qismini tösib qöygan. Natijada A-378 avtomobil yölida avtomaşinalar harakatlanişi qisqa muddatga töxtagan.

Yölni tösgan ayollar farzandlari öqiş uçun qöşni qişloqqa qatnab qiynalayotgani, öquvçilar Xöjaobod qişloğidagi maktabga boriş uçun Samarqand-Qarşi avtomobil yölidan kesib ötişi xavfli ekanini aytib, tuman rahbarlaridan qişloq hududida maktab qurib berişni söragan.

Yuz bergan YTH yuzasidan şu tumanning Darça qişloğida yaşovçi,«Isuzu» yuk maşinasi haydovçisi B.Eşmatovga nisbatan 21 aprel kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Xabarda ta'kidlanişiça, holat böyiça Çiroqçi tumani mutasaddi rahbarlari fuqarolar bilan uçraşib, «Qumdaryo» MFY hududida qurilayotgan maktabning qurilişini tezlaştiriş va joriy yilning 1 sentyabr kuniga qadar yangi maktab qurib topşirilişi böyiça kerakli çora-tadbirlar belgilangan.