Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Ertaga, 28 aprel kuni Özbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan muzokaralar ötkaziladi. Uçraşuv Buxoroda bölib ötadi.

«Uçraşuvda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, Rossiya va Özbekiston örtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilgan», deyilgan Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Avvalroq, Sergey Şoyguning Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo bilan Duşanbeda muzokaralar ötkazgani xabar qilingandi. Tomonlar havo makonidagi çegaralar himoyasini kuçaytiriş uçun Rossiya va Tojikistonning havo hujumidan mudofaa böyiça birlaşgan mintaqaviy tizimini yaratiş töğrisidagi kelişuv loyihasini tayyorlagan.