Farğona Politexnika instituti qoşidagi akademik litsey Germaniyaning Gyote instituti bilan şartnoma imzolagan. Dargoh zamonaviy uslubda öqitişi bilan bir qatorda öquvçilar uçun Germaniyaga bepul sayohat qiliş imkoniyati yaratilgan. Litsey 2000 yilda taşkil topgan bölib, 2009 yilda Germaniyaning Gyote instituti bilan şartnoma tuzilgan.
«Şartnoma asosida öquvçilarimizni A1 darajadan boşlab S1 darajagaça Gyote sertifikatiga tayyorlab boramiz. Bu loyiha böyiça har yili öquvçilarimiz imtihon topşirişadi va yuqori natijalarni egallaydi.

Sertifikat olgan öquvçilarimiz içida har yili 3 nafari Germaniyada yozda bepul tahsil oliş imkoniyatini qölga kiritadi. Şu kunga qadar 32 nafar öquvçimiz Germaniyada ta'lim olib kelişdi. Çet elda öqib keliş bilan öquvçilarimizning dunyoqaraşi butunlay özgaradi. Bilim darajasi, bilim jihatidan qöşimça amaliyot böladi ular uçun. Bundan taşqari, litsey öqituvçilari har 2 yilda bir marta Germaniyada malaka oşirib kelamiz.
2009 yilda şartnoma tuzilgandan buyon umumiy hisobda 100 dan ortiq öquvçimiz sertifikat olgan. Avvaliga dargohda nemis tilining özi öqitilar edi. Hozirgi kunda nemis tilining özi emas, MIT degan loyiha oçilgan. Matematika, informatika va tabiiy fanlar yönalişi böyiça öqitib kelyapmiz.

Bugungi kunda Germaniyaning meditsina, avtomobilsozlik va tel tillar institutlarida öquvçilarimiz tahsil olib kelmoqda», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda akademik litseyning nemis tili öqituvçisi Saydullo Fayozov.
















