O‘zbekiston | 16:59 / 29.04.2021
5191
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon xalqaro aeroportidan Rossiyaga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi

Foto: Andijon viloyati transport boshqarmasi

Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportiga Rossiya federatsiyasining "Royal Flight" aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi.

Bu haqda Andijon viloyati transport boshqarmasi xabar bermoqda.

Moskvaning Shermetova aeroportidan uchgan B-757-200 havo kemasi mahalliy vaqt bilan 08:36 da Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Aeroport hududida karantin qoidalariga to‘liq rioya etgan holda 235 nafar fuqarolar Moskva shahrining Domodedova aeroportiga uchib ketdilar.

Avvalroq, Andijondan Moskvaga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid