Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarz olish uchun yoziladigan tilxat notarial tasdiqlanmasa qonuniy kuchga ega bo‘ladimi? Adliya vazirligi vakili izoh berdi
Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda qarz olish uchun yoziladigan tilxat notarial tasdiqlanmasa, qonuniy kuchga ega bo‘lishi borasidagi savolga javob berildi.
«Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga asosan, notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat'i nazar, boshqa bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak.
Bu qoidaga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq summadagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilishi kerakligi qayd etilgan. Oddiy yozma bitim notarial tasdiqlanishi shart emas», deydi Adliya vazirligi matbuot kotibi.
Sevara O‘rinboyevaga ko‘ra, ikki shaxs o‘rtasidagi tilxat notarial tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, qarzni undirishga asos bo‘ladi.
«Fuqarolik kodeksining 107-moddasiga ko‘ra, «xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki sub'yektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
Shu sababli siz va do‘stingiz o‘rtasidagi tilxat notarial tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, qarzni undirishga asos bo‘ladi.
Lekin ayrim oldi-sotdi munosabatlarida (moshina, uy-joy va b) belgilangan tartibdagi shartnomalarni tasdiqlash lozim» deb aytib o‘tdi O‘rinboyeva.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026