2016 yildan keyin ilk marta Çempionlar ligasi yarimfinaliga qadar yetib kelgan Pep Gvardiola şogirdlari YeÇL joriy mavsumida mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. «Siti» 5 yil ötib, final uçun kuraş olib borsa, «PSJ» ketma-ket ikkinçi mavsum finalga çiqiş uçun kuraş olib boradi.

Kim qanday holatda?

«PSJ»
Sönggi natijalari: ĞĞĞMĞĞ
Oxirgi uçraşuv: «Mets» - «PSJ» 1:3, 24 aprel
Çempionatda: 2-örin

«Mançester Siti»
Sönggi natijalari: ĞĞMĞMĞ
Oxirgi uçraşuv: «Mançester Siti» - «Tottenhem» 1:0, 25 aprel
Çempionatda: 1-örin

Maurisio Poçettino («PSJ» boş murabbiyi):

- Ikki yil avval «Tottenhem» boş murabbiyi sifatida «Siti»ni çorakfinalda mağlub etganimiz heç narsani özgartirmaydi. Öşa öyinlar umuman boşqaça ötgandi. Ikki xil vaziyatda bölgan jamoalar bahsi edi. Hozirgi «Siti» ança özgargan, men esa «PSJ»da işlayapman. Hozirgi jamoam «Tottenhem»dan mutlaqo farq qiladi.

Jahonning eng yaxşi murabbiyi qöl ostidagi eng yaxşi jamoadan biriga qarşi maydonga tuşamiz. Köramiz, qani bizga «Bavariya»ga qarşi öyindan ham qiyinroq bölarmikan.

Xosep Gvardiola («Mançester Siti» boş murabbiyi):

- Parij va Mançesterdagi öyinlarda bizga qiyin bölişini yaxşi anglab turibmiz. «PSJ» tarkibidagi futbolçilar qanday mahoratga ega ekanligini barça biladi, ularda imkoniyatlar bölişi aniq. Ammo Çempionlar ligasi yarimfinaliga çiqqaningdan keyin raqibdan yana nimani ham kutiş mumkin? Biz öyindagi 90 daqiqa vaqt davomida raqib safidagi qaysidir futbolçi haqida öylab ötirişimiz kerakmi? Yöq, öyindagi bosim va vaziyatlardan rohatlaniş kerak. Premer-liga – eng qiyin, Çempionlar ligasi esa eng çiroyli turnir. Futbolçilarimiz yaxşi sport formasida, barça öyinga şay. Qaysidir jamoalar uçun bu bosqiçga yetib keliş odat, biz uçun esa yarimfinalga çiqiş özgaça holat. Işoning, bunday öyin uçun Parijga boriş katta baxt, bu ajoyib.