«Ukrainaga nisbatan tajovuz davom etadigan bölsa», Rossiyani SWIFT tölov tizimidan uzib qöyiş hamda uning neft va gazidan voz keçiş lozim. Yevroparlament rezolyutsiyasi loyihasida ana şunday taklif bildirildi.
Bundan taşqari, Rossiya hukumatiga yaqin bölgan biznesmenlar va ularning oila a'zolari aktivlarini muzlatiş hamda vizalarini bekor qiliş taklif etilgan.
Yevroparlament rezolyutsiyalari majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega. Ammo Yevroittifoqning boşqa institutlari deputatlar fikrini inobatga olişi lozim.
Rossiya bankining bildirişiça, mamlakat kredit taşkilotlarining xalqaro terminallardan uzib qöyilişi ehtimoli uçun maxsus tizim allaqaçon işlab çiqilgan.
SWIFT — banklararo ma'lumot almaşiş va tölovlarni amalga oşiriş tizimi bölib, unga dunyoning deyarli barça mamlakatlaridagi 11 mingdan ortiq yirik taşkilot ulangan.












