Butun dunyoda koronavirus pandemiyasining oğir keçişi boşqa mamlakatlar kabi Özbekistonda ham aholi soğliği, jismonan salomatligi, soğlom hayot keçiriş darajasi past ekanini körsatib qöydi. Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra “Soğlom turmuş tarzi” platformasi işlab çiqilişi yölga qöyildi. Mazkur platforma 10 maydan test rejimida, 1 iyundan boşlab töliq işga tuşiriladi.

Mazkur elektron platformaga ulaniş orqali öz şaxsiy ma'lumotlarini kiritgan şaxs röyxatdan ötadi. Bazaga kiritilgan ma'lumotlar asosida:

  • bir sutkada 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoşdagi fuqaroning platformadagi elektron hamyoniga 3 ming sömdan;
  • har oyda eng köp yurgan şaxsga tuman (şahar) kesimida 300 ming sömdan, hudud kesimida 500 ming sömdan, respublika böyiça 1 million söm qöşimça ravişda pul ötkaziladi.

Soğlom turmuş tarzi bilan şuğullanuvçi şaxslarga beriladigan uşbu tölovlar alkogol va tamaki mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga tatbiq etilgan yiğimdan olinadi. Xususan, yiğim mahsulot miqdoriga qarab eng kami 500 sömdan böladi.